To‘rtko‘lda ham advokat 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Qoraqalpog‘istonda Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib berish evaziga advokat Z.Ya. tomonidan sudyaga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati bo‘yicha ma’lumotlar rasmiylashtirildi.
Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, jinoyat Kengash tomonidan tizimda korrupsiyaning oldini olish va sudyalar daxlsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida fosh qilingan.
Advokat Z. Ya. joriy yilning 29-fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda sudyaga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar ham respublikaning turli hududlarida, jumladan, Buxoro, Samarqand, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida advokatlar jinoyat ustida qo‘lga olingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter