Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot kolleji va texnikumlariga kirish test sinovlari qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Tibbiyot kolleji va texnikumlariga kirish test sinovlari qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 3-oktyabrdan 8-oktyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bunda test sinovlari:

1-smenada 09:00 dan 12:00 gacha;

2-smenada 14:30 dan 17:30 gacha bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fandan o‘tkaziladi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar quyidagilar:

  •  ona tili;
  • matematika;
  • O‘zbekiston tarixi.

Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Testlarni yechish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

  • 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
  • 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
  • majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar ruxsatnomani DTMning my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 27 ta tibbiyot kolleji, 47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari faoliyat yuritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring