Termizdagi muzeyda 3,4 mlrd so‘mga teng qalbakilashtirish va kamchiliklar aniqlandi
Respublikaning 3 hududidagi davlat muzeylarida 3,5 mlrd so‘mdan ortiq moliyaviy kamchiliklar va eksponatlarni qalbakilashtirish holatlari aniqlandi.
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi joriy yilning iyun-iyul oylari Andijon va Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeylarida hamda Termiz davlat muzey qo‘riqxonasida saqlanayotgan noyob ashyolarni xatlovdan o‘tkazildi hamda ularning saqlanishi va xavfsizlik holatini o‘rgandi.
O‘rganishda Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida jami 4 dona, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida jami 9 dona ashyolar muzeyning Kirim va Inventar kitoblari hamda ilmiy pasportlarining tavsifnomalariga, o‘lchami, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi.
Shuningdek, Termiz davlat muzey qo‘riqxonasida ham o‘rganishlar olib borildi va jami 24 dona ashyolar muzeyning Kirim va Inventar kitoblari hamda ilmiy pasportlarining tavsifnomalariga, o‘lchami, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi, 58 nomdagi ashyolar muzey fondida yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Madaniy meros agentligining 2022-yil 19-avgustdagi San’atshunoslik eksperti xulosalariga ko‘ra, Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida aniqlangan zarar qiymati 31 mln so‘mni, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida 23,7 mln so‘mni, Termiz davlat muzey qo‘riqxonasida esa 3 mlrd 466,8 mln so‘mni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter