O‘zbekistonni Qirg‘iziston orqali Xitoy bilan bog‘lovchi temir yo‘l qurilishi 4 mlrd dollarga tushadi
Qirg‘iziston Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishining texnik-iqtisodiy asosini allaqachon olgan. Bu haqda 6 dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida «Qirg‘iziston temir yo‘llari» milliy korxonasi bosh direktori o‘rinbosari Doston Usubaqunov ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, yo‘l qurilishi taxminan 4 milliard dollarga baholanmoqda. Hozir Xitoy va O‘zbekiston tomonlari bilan moliyalashtirish va mablag‘ jalb qilish masalasi muhokama etilmoqda.
«Qirg‘iziston-Xitoy-O‘zbekiston yo‘lining qurilishi tranzitimizni oshiradi. Biz har doim bu janubiy oqim ekanini aytib kelganmiz. Aynan Qirg‘iziston hududi orqali tranzit amalga oshiriladi, ya’ni O‘zbekiston orqali Yaqin Sharqqa. Turkmaniston, Eron va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yetib bora olamiz. Keyin esa Hindiston, BAA bilan bog‘lanib, Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz», dedi Usubaqunov.
Avvalroq O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2024-yilda boshlanishi mumkinligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter