Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar orasida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi

Talabalar orasida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Yosh kitobxon talabalar ligasi» tanlovi tashkil etiladi.

Bu haqda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida gap boradi.

Qayd etilishicha, mazkur tanlov qo‘shimcha ravishda 6 ta – qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirg‘iz va turkman tillarida ham o‘tkaziladi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, ushbu tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibini tasdiqlash, tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda tanlovni talabalar o‘rtasida tashkil etish va o‘tkazish Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga yuklatilgan.

Kitobxonlik tanlovi mas’ul ijrochilar mablag‘lari hisobidan tashkil qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring