Tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotda qator muammolar yechim topadi
Ko‘pchilikni yodida bo‘lsa kerak, 2021-yil yozda Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazgan birinchi Ochiq muloqoti davomida har bir soha vakillarining kasb bayramlari kuni belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, jamiyatning har bir bo‘g‘inida vakillari bo‘lgan tadbirkorlar kunini yo‘qligi adolatdan emasligini ta’kidlaganlarida ko‘pchilik bu narsaga ishonchsizlik bilan qaragan edi.
Shu yilning o‘zida har yili 20-avgust kunini Tadbirkorlar kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida Qonun qabul qilinishi Davlat tadbirkorlarga katta kuch sifatida e’tibor berishi va ularni xuquqlarni va manfaatlarini har qanday yo‘l bilan himoya qilishga katta e’tibor qaratganini namoyon qildi.
Xususan, keyingi yillarda Biznes Ombdusmanning nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishini cheklashga qaratilgan vakolatlarini kengaytirilishi va xokimliklarning tadbirkorlik uchun yer maydonlari ajratishdagi vakolatlarini cheklanishi va boshqa bir qator islohotlarni buning misoli sifatida ko‘rish mumkin.
Joriy yil avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Ochiq muloqatda ham tadbirkorlarni qiynayotgan qator muammolar o‘z yechimini topishi kutilmoqda.
Toshkent viloyati bo‘yicha Biznes Ombudsman
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter