Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryodagi «metan zapravka»larga ham ma’lum cheklovlar kiritildi

Surxondaryodagi «metan zapravka»larga ham ma’lum cheklovlar kiritildi

Surxondaryo viloyatidagi avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalariga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida viloyatdagi avtomobillarga gaz qo‘yish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ta’minotini vaqtinchalik cheklash bo‘yicha reja-jadval tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, belgilangan AGTKSh juft kunlarida soat 7-00dan 15-00 ga qadar, ayrimlari esa toq kunlarida soat 7-00dan 15-00ga qadar tabiiy gaz bilan ta’minlanishi belgilangan.

Hokimlik  mazkur choralar vaqtinchalik ekanini va «munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan» barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytishini ma’lum qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayni kunlarda AGTKShlar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring