Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda yuk mashinasi mast piyodalarni urib yubordi. Bir kishi halok bo‘lgan

Surxondaryoda yuk mashinasi mast piyodalarni urib yubordi. Bir kishi halok bo‘lgan

Joriy yil 5-may kuni soat 15:30 larda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida  yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.B. «JBC» rusumli avtomashinasini mahalliy 4N-1581 yo‘lining 6-kilometri Kelajak sari mahallasi hududida boshqarib kelayotganida YTHga uchradi.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, uning oldidan mast holda harakatlanib yo‘lni o‘ngdan chapga kesib o‘tayotgan uch nafar piyoda chiqib qolgan. Natijada fuqaro M.Q. va Z.T.lar tan jarohati olib tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Kasalxonada 1979-yilda tug‘ilgan  fuqaro M.Q. olgan og‘ir tan jarohati natijasida vafot etgan.  

Holat yuzasidan Sariosiyo tumani  IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring