Surxondaryoda «GAI»ga pora taklif qilgan fuqaro sudlanadigan bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida IIB yo‘l-patrul xizmati xodimiga pora bergan fuqaro qamoqqa olinganligi haqida xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, joriy yil 25-yanvar kuni Termiz shahar «Manguzar» mahallasi hududida joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash jarima maydonchasi yonida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.J. ushbu kuni YPX inspektori O.A. tomonidan, o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomani bekor qilish va Termiz shahar yo‘l harakat xavfsizlik bo‘limi jarima maydonchasida vaqtincha saqlanayotgan «Kobalt» rusumli avtotransport vositasini chiqarib berishi evaziga YPX xodimiga 2 mln. so‘m miqdorida pulni pora tariqasida bergan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tezkor xodimlari tomonidan holislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan hodisa joyida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 27-yanvarda fuqaro L.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
ShUningdek, sodir etgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, aybiga to‘liq iqrorligi va muqaddam sudlanmaganligini inobatga olib, unga nisbatan «garov» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari Termiz shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter