Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda uchta bank mansabdorlari katta miqdordagi pullarni «tuya» qilib ketgan

Sirdaryoda uchta bank mansabdorlari katta miqdordagi pullarni «tuya» qilib ketgan

Sirdaryo viloyatida qator tijorat banklari mansabdor shaxslari tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadsiz yo‘naltirilganligi holati aniqlandi.

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Agentlik tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishda «Agrobank» ATB,  «Xalq banki» AT, «Mikrokredit bank» ATB tuman-shahar filiallari mansabdor shaxslari boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirib, o‘zlariga ishonib topshirilgan va ularning ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Jumladan, 2022-yil 9 oyi davomida viloyat bo‘yicha oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 642 nafar fuqaro bilan jami 16,6 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi bo‘yicha shartnomalar tuzib, jami 19 ta ta’minotchi korxona orqali mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilganligi aniqlangan.

O‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Agentlik tomonidan Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha 642 nafar fuqaro uchun ajratilgan va 19 ta ta’minotchiga o‘tkazilgan juda ko‘p miqdordagi – 16,6 mlrd so‘m kredit mablag‘lari evaziga mahsulot yetkazib berilmasdan naqdlashtirib, maqsadsiz ishlatish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi holatlari aniqlanib, 2023-yil 14-yanvar kuni hokim yordamchilari va 19 ta ta’minotchi hamda «Agrobank» ATB,  «Xalq banki» AT, «Mikrokredit bank» ATB tuman-shahar filiallari mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring