Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda tuman «elektr tarmog‘i» boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Sirdaryoda tuman «elektr tarmog‘i» boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.B. firibgarlik ustida qo‘lga tushdi.

Xabar qilinishicha, tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbariga go‘yoki ETK xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda elektr ta’minotidan 7,8 mln so‘m qarzdorlik hisoblanganligini aytib, ushbu qarzdorlikni kamaytirib berishi evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring