Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning shu hafta Qirg‘izistonga borishi kutilyapti

Shavkat Mirziyoyevning shu hafta Qirg‘izistonga borishi kutilyapti

Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida joriy yil 2-iyun kuni «Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi» sammiti boshlanadi.

Qayd etilishicha, bu Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel bilan ikkinchi uchrashuvi bo‘ladi. Birinchisi o‘tgan yilning kuzida Ostona shahrida bo‘lgan edi.

2-3 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston hamda Tojikiston davlatlari rahbarlari, shuningdek, Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel qatnashadi.

Sammitda ikki mintaqa o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik rejalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Sadir Japarov delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring