Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi qoldirildi – Qirg‘iziston TIV

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi qoldirildi – Qirg‘iziston TIV

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi qoldirildi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV Matbuot kotibi Chingiz Kustebayevga tayanib Interfaks nashri xabar bermoqda.

Avvalroq qirg‘iz nashrlari Mirziyoyevning tashrifi Bishkekda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan YeOII sammiti kuniga rejalashtirilgani haqida yozayotgan edi.

Qayd etilishicha, qoldirilgan tashrif YeOII sammitidan alohida – shu oy oxirigacha amalga oshiriladi. Qaror ikki davlat rahbarlarining muzokaralaridan so‘ng qabul qilingan.

Kabar nashriga ko‘ra, ertangi sammitda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring