Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Qirg‘izistonga boradi
Qirg‘iz nashrlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-dekabr kuni Qirg‘izistonga tashrifi haqida yozishmoqda.
O‘sha kuni Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti ham bo‘lib o‘tadi.
Mirziyoyevning Qirg‘izistondagi ish safari esa 10-dekabrdan boshlanadi. Unda ikki davlat o‘rtasida qator hujjatlarning imzolanishi aytilmoqda. Jumladan, imzolanishi kutilayotgan hujjatlar orasida ikki davlat fuqarolarining chegarani kesib o‘tishida yengilliklarni nazarda tutuvchilari ham bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Tashrif doirasida qirg‘iz-o‘zbek tomonlari biznes forumi ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi haqida ma’lum bo‘lgan, biroq tashrif sanalari aniqlanayotgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter