Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Senatorlarning vakolati va mas’uliyati bir necha barobar oshdi» – Prezident Senat majlisida qatnashyapti

«Senatorlarning vakolati va mas’uliyati bir necha barobar oshdi» – Prezident Senat majlisida qatnashyapti

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari o‘z nutqida yuksak ishonchga sazovor bo‘lib, Senat a’zosi etib saylanganlarni tabrikladi. Senatorlar Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot yaratish yo‘lida bor bilim va tajribasini, kuch va salohiyatini ishga solishiga umid bildirdi.

Saylovlar natijasida beshinchi chaqiriq Senatning tarkibi sifat jihatidan yuqori darajada – ko‘plab yetakchi soha va tarmoqlar vakillari, taniqli siyosat, iqtisodiyot, ilm-fan va madaniyat namoyandalaridan iborat bo‘lib shakllangani ta’kidlandi.

«Senatorlarning har 3 nafaridan biri ilmiy darajaga ega. Qariyb 27 foizi yoki 16 nafari xotin-qizlar ekani oila, onalik va bolalik, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, umuman, ijtimoiy masalalar bo‘yicha qonunchilik faoliyati hamda parlament nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning a’zolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

Ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va mas’uliyati bir necha barobar oshdi.

Xususan, yuqori palataning parlament nazorati va bir qator muhim davlat organlarini shakllantirishdagi ishtiroki sezilarli ravishda kengaytirildi.

Ilgari senatorlar nazorat tadbirlarida yoki saylovchilar bilan uchrashuvlarda qonunlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vakolatga ega emas edi. Yangilangan Konstitutsiyada Senatga qonunchilik taklifini kiritish huquqi berilishi bilan masala o‘z yechimini topdi», – dedi davlat rahbari.

Prezident yangi saylangan senatorlar endi bu jarayonlarda faol bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring