Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadigan sana e’lon qilindi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadigan sana e’lon qilindi

Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning 29-yalpi majlisini 2022-yil  4-avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yalpi majlis ikki kun davomida videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi.

Navbatdagi yalpi majlisda qator masalalar, jumladan, “Uy-joy kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi, “Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2061-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil I yarim yilligi yakuni bo‘yicha bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini eshitish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining hamda ichki ishlar vazirining axboroti ham eshitiladi.

Yalpi majlisda Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Hukumatga parlament so‘rovini yuborish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlis kun tartibi doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.

https://senat.uz/uz/lists/view/4689

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring