«Saylov jarayonlarida, hozircha jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi» – Bosh prokuratura
O‘zbekiston Respublikasida muddatidan ilgari Prezidentlik saylovi jarayonlarida 9 iyul kuni soat 15:00ga qadar saylov natijalariga u yoki bu tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan biror jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlanmadi.
Bosh prokuratura vakiliga ko‘ra, soat 15:00 holatiga prokuratura organlariga saylov jarayonlari haqida fuqarolardan 250 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
«Mazkur murojaatlarning aksariyatida saylov qonunchiligiga oid huquqiy tushuntirishlar so‘ralgan. Huquqbuzarliklarga oid xabar va murojaatlar kelib tushmadi», – deydi Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxruh Aminov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter