Samarqandda «mahallakom» qimorbozligi sabab ishdan olindi
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Qozoq Nayman mahallasi raisi qimorbozligi sabab ishidan ayrildi.
Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mahalla raisi A.Arslonovning ulfatlari bilan o‘rtaga pul tikib qimor o‘ynayotgani aks etgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqagach, Boshqarma mas’ul xodimlari holatni o‘rgangan.
O‘rganish natijasida mahalla raisining o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganligi aniqlanib, arizasiga binoan mahallada vakillar yig‘ilishi o‘tkazilgan va uning arizasi «Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»ga qonunning 11,24 moddalariga muvofiq qanoatlantirilgan.
«Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli D.Gapparova vaqtinchalik mahalla raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi», – deytiladi Boshiarma xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda mazkur mahalla raisining qimorxona ochgani va mahalla ahliga hech qanday foydasi tegmayotgani to‘g‘risida tanqidiy fikrlar tarqalgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter