Samarqandda global oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilinadi
Hujjat xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Tomonlar iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, yerlar degradatsiyasini asosiy chaqiriqlar sifatida e’tirof etdilar.
Samarqand deklaratsiyasi O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining texnik ko‘magida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi.
15 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirokida o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter