Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «fastfud»dan zaharlanganlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Samarqandda «fastfud»dan zaharlanganlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Bir muddat oldin Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida fuqarolar ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish, qorin sohasida og‘riq va tana haroratini ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, bemorlarga «o‘tkir gastroentirit-ovqatdan zaharlanish» birlamchi tashxisi qo‘yilgan va ular yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘rta-og‘ir ahvolda yotqizilgan.

Shifoxonaga yotqizilgan 5 nafar bemorlar joriy yilning 12-sentyabr kuni  tumanning Amir Temur mahallasida joylashgan savdo shoxobchalarining birida «shaurma», «xod-dog» va «gamburger» mahsulotlarini iste’mol qilishgani ma’lum bo‘lgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring