Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand va Toshkentda yirik miqdorda oltin va yoqut sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Toshkentda yirik miqdorda oltin va yoqut sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand viloyati va Toshkent shahrida 1 kilogramm 75 gramm oltin va 838 gramm bo‘lgan yoqutni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan, Xatirchi tumanida yashovchi, 1983 y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruvlar natijasida avtomobilning salon qismida umumiy og‘irligi 1 kg. 75 gr. bo‘lgan 11 dona bo‘lakdagi oltin borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mutaxassislarning baholashicha, ushbu 999 probali oltinning qiymati 795 mln. so‘mni tashkil etadi.

Toshkent shahrida 1968 y.t. shaxs sof og‘irligi 838 gr. bo‘lgan yoqut qimmatbaho toshni 300 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu summadan 80 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur qimmatbaho toshni 1960 y.t. fuqarodan olganligi aniqlanib, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida u ham ushlangan.

Mutaxassislarning baholashicha, ushbu qimmatbaho toshning narxi 477 mln. 256 ming so‘mni tashkil etadi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring