Saida Mirziyoyeva: «Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p»
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining yangi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Agentlikda o‘tgan birinchi ish kuni haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida so‘zlab berdi.
«Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi birinchi ish kunim. Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik.
Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi. Zimmamizdagi bu vazifalarni Agentlikning kuchli jamoasi bilan birgalikda va hamjihatlikda uddalaymiz, deb ishonaman», — deb yozadi Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter