Rossiyada odam o‘g‘irlagan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi (video)
Moskva markazida odam o‘g‘irlagan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.
Huquq-tartibot idoralari 24 va 36 yoshli ikki o‘zbekistonlik erkakka nisbatan jinoyat ishini tergov qilmoqda. Ular hayot va sog‘liq uchun xavfli zo‘ravonlik qo‘llagan holda odam o‘g‘irlashda, shuningdek, zo‘ravonlik qo‘llagan holda juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 13-oktyabr kuni kechqurun Moskva shahridagi «Zemlyanoy Val» ko‘chasida joylashgan turar-joy binosi yonida ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaroga zo‘ravonlik bilan hujum qilgan.
Ular qotillik qilish bilan qo‘rqitib, jabrlanuvchini majburan avtomashinaga o‘tqazib, Moskva shahri va Moskva viloyati hududining turli qismlariga olib yurib, jismoniy zo‘rlik ishlatib, ozod qilish uchun telefon orqali suhbat davomida o‘g‘irlangan shaxsning qarindoshidan 400 ming rubl miqdorida pul talab qilishgan.
O‘zbekistonlik ikki fuqaroning jinoiy harakati huquq-tartibot idoralari xodimlari say’-harakati bilan fosh qilingan. Ular yurgan avtomashina shubhalanib to‘xtatilganida jabrlanuvchi mashina ichida bog‘langan holda topilgan.
Hozirda mazkur fakt yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter