Rossiyada kran qulashi oqibatida o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi
Rossiyaning Amur viloyatida qurilayotgan zavodda kran ag‘darilib ketishi oqibatida 33 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 29 sentyabr kuni Amur gaz-kimyo majmuasida qurilayotgan umumiy zavod inshootlaridan birida sodir bo‘lgan.
Voqea asosida tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi 2-qismi «Ehtiyotsizlik oqibatida inson o‘limiga olib kelgan qurilish ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish» bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar beradi Amur viloyati prokuraturasi.
Ish yuzasidan tergov Svobodnenskiy shahar prokuraturasi nazoratida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter