Raqobat qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi
Senatning 53-yalpi majlisida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Senatorlar mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirib, Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayevni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga sayladilar.
Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 95-moddasi hamda 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Senat tomonidan saylanadi.
«Xabar.uz» Oliy sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Halilillo To‘raxo‘jayevning qo‘mita rahbari lavozimiga saylanishi haqida avvalroq yozgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter