Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh paneli o‘rnatganlik uchun ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga ko‘paytiriladi

Quyosh paneli o‘rnatganlik uchun ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga ko‘paytiriladi

Kelgusida aholi xonadonlarida esa quyosh paneli o‘rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga ko‘paytiriladi.

Bu haqda Prezident bugungi murojaatnomasida aytib o‘tdi.

Davlat rahbari, shuningdek, bugungi kunda energetika sohasida aniq yechimlar berish dolzarb masala ekanini qayd etdi.

Qayd etilishicha, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investitsiya kerak.

«Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali erishish mumkin.

Shu bois, so‘nggi uch yilda sohaga 8 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi.

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga qo‘shimcha 14 milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga ko‘payadi», – deydi Mirziyoyev.

Shu bilan birga kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring