Quvayt elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekisondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kuvayt elchisi Ahmad Xolid Al-Jiranni qabul qildi.
Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Quvaytning O‘zbekistondagi Elchisi Ahmad Xolid Al-Jiran janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik.
O‘zbekiston va Quvayt rishtalari har bir yo‘nalishda o‘sish sur’atini namoyon etmoqda. Biz janob Elchiga o‘z faoliyati davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz», – deb yozadi vazir.
Eslatib o‘tamiz, Ahmad Xolid Al-Jiran 2015 yil dekabr oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga Kuvaytning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter