Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashishga tayyormiz – Mirziyoyev

Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashishga tayyormiz – Mirziyoyev

Bugun, 12-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston davlati rahbari Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Abay viloyati hududida ro‘y bergan o‘rmon yong‘ini oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan prezident Toqayev va qardosh Qozog‘iston xalqiga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etgan. Shuningdek, tabiiy ofatga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Suhbat davomida har ikki tomon o‘zaro yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ham muhokama qildi.

Bundan tashqari savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring