Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 51 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Qozog‘iston hududidan o‘tgan Atirau-Dossor trassasida 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy nashrlardan biri – «Ak Jayik» ma’lum qilmoqda.
Odam o‘limi bilan bog‘liq mazkur hoisa joriy yilning 15-iyun kuni ertalabki soat taxminan 6:30 larda sodir bo‘lgan. Atirau viloyati politsiya departamenti xabariga ko‘ra, YTHda KamAZ, PAZ 32053 va Daewoo Nexia avtomashinalari ishtirok etgan.
«Hodisada Daewoo Nexia haydovchisi bo‘lgan 1973-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter