Qozog‘istonda hindistonlikni o‘g‘irlab ketgan o‘zbekistonliklar qamaldi
Qozog‘istonning Qarag‘anda shahri Qozibekbiy tuman sudi tomonidan odam o‘g‘irlash va zo‘rlik bilan o‘zboshimchalik qilish (Qozog‘iston Jinoyat kodeksi 125-moddasi 2-qismi 1-bandi, 389-moddasi 3-qismi)da ayblangan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Dastlabki tergov harakatlarida ularning o‘tgan yilning kuzida oldindan jinoiy til biriktirib, Hindiston fuqarosini o‘g‘irlab avtomashinada Ostona shahriga olib borishgani va u yerda qarzni qaytarish sharti bilan kvartirada saqlagani aniqlangan.
Sud tergovi davomida esa 2022-yil 22-noyabr kuni Hindiston fuqarosi Qarag‘anda shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgani, tezkor tadbirlarda esa politsiya jabrlanuvchi saqlangan uyda ashyoviy dalillar topgani ma’lum qilindi.
Sud majlisida Hindiston fuqarosi O‘zbekiston fuqarolaridan biridan katta miqdorda qarz olib, lekin to‘lashni kechiktirgani, keyin O‘zbekiston fuqarolari qarzni qaytarish maqsadida qarzdorni o‘g‘irlab ketishga qaror qilgani aniqlandi. Shu maqsadda ulardan ikki nafari jabrlanuvchini kuzatib yurgan va kunduzi Hindiston fuqarosini o‘g‘irlab ketishgan.
Sudda prokuror ayblanuvchilarni 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.
Himoya tomoni esa ayblovni rad qilib, sudlanuvchilarni oqlashni so‘ragan.
Sud jinoiy huquqbuzarliklar jamidan kelib chiqib, odam o‘g‘irlashda tashkilotchi deb topilgan o‘zbekistonlikni 8 yilga, qolganlarni esa 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter