Qozog‘iston O‘zbekiston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev O‘zbekiston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenkoning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, daryo oqimining o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasi 5 kilometrga cho‘zilib ketgan.
«Delimitatsiya paytida xaritada chegara chizig‘i chizilgan, demarkatsiya vaqtida esa bu yerda daryo o‘zani o‘zgargani ma’lum bo‘ldi. Bizni ikkita daryo – Sirdaryo va Keles birlashtirib turadi. Kanal o‘zgarmoqda, allyuviy orollar o‘zgarib bormoqda. Chegara an’anaviy ravishda daryoning formatiga ko‘ra chiziladi. Hozir 2356 kilometr chegara hisoblanadi. U hozir 5 kmga cho‘zilib ketgan», – deydi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko.
Demarkatsiya davlat va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, chegaradosh hududlar aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi 2356 ming kmni tashkil qiladi. Demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar 2003 yilda boshlangan. Yerga chegara belgilarini o‘rnatish bo‘yicha dala ishlari 2004 yildan 2021 yilgacha davom etgan.
2022 yil 22 dekabr kuni ikki davlat prezidentlari tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim imzolanishi bilan chegarani qonuniy rasmiylashtirish jarayoni yakunlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter