Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga 3 mingta qo‘shimcha «grant» o‘rinlari ajratiladi

Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga 3 mingta qo‘shimcha «grant» o‘rinlari ajratiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratiladi.

Bu borada joriy yil 3-iyul kuni Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Bunda soha va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanib, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga 2023-yil 20-iyulgacha taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring