Qoraqalpog‘iston: tartibsizliklarda ishtirok etgan yana 35 nafar fuqaro qo‘yib yuborildi
Jo‘qorg‘i Kenges iltimosnomasi hamda Qoraqalpog‘istonda yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya taklifiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 2022-yilning 1-noyabr kuni yana 35 nafar ayblanuvchini jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi.
Shu yilning 30-avgust kuni 34 nafar, 13-14-oktyabr kunlari Mustaqil Komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdagi 38 nafar ayblanuvchi ham oilasi bag‘riga qaytarilgan edi.
Shu tariqa komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bag‘riga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter