Qoraqalpog‘iston mahallalarini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus jamg‘arma tashkil etildi
Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Unga ko‘ra, 2023-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 452 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining har biriga 500 mln so‘mdan mablag‘ yo‘naltiriladi. Jamg‘armaga jami 228 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Mazkur jamg‘armadan ko‘zlangan maqsad haqida avvalroq ma’lum qilingan edi.
Bundan tashqari, Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘armaga 2023-yil uchun jami 20 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter