Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qoraqalpog‘iston ishi»da gumonlanayotganlar sudyaga nisbatan ishonchsizlik bildirdi

«Qoraqalpog‘iston ishi»da gumonlanayotganlar sudyaga nisbatan ishonchsizlik bildirdi

28-noyabr, dushanba kuni Buxoroda boshlangan Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarning 22 nafar ishtirokchisiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Yellibay Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilayotgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, sud jarayoni avvalida sudlanuvchilardan ushbu jinoyat ishini ko‘ruvchi sud raisi – Yellibay Abibullayevga nisbatan e’tirozlari bor yoki yo‘qligi haqida so‘ralgan. Ularning 30 foizi sudning Abibullayev raisligida o‘tishiga noroziliklarini bildirishgan.

«Shundan so‘ng sud jarayonida ma’lum vaqt tanaffus berildi. Maslahat Kengashi tomonidan ushbu masaala ko‘rib chiqilgach, sud raisi yana o‘z ishini davom ettiradigan bo‘ldi», – deb yozmoqda Xabar.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, sudlanuvchilar orasida gazeta muharriri, blogerlar va turli internet nashri rahbarlari, norasmiy imom, o‘qituvchi, sport maktabi murabbiyi, kollej direktori, MChJ raisi, fermerlar hamda ishsiz yoshlar ham bor.

Ularning ro‘yxati va qaysi jinoyatlarda ayblanayotgani avvalroq taqdim qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring