Qishloq xo‘jaligida tavakkalchilikni sug‘urtalovchi tizim kerak – Robaxon Mahmudova
«Adolat» SDPdan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudova bugun, 26 iyun kuni Guliston shahar Yoshlar markazida sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezidentlikka nomzod yig‘ilganlarga o‘z saylovoldi lasturini taqdim qilib, jumladan, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasidashi tavakkalchilik – ob-havoning keskin o‘zgarishi, suv tanqisligi, yer sho‘rlanishi kabi xatarlar va ularni sug‘artalash haqida to‘xtaldi.
«Bu kabi xatarlar qishloq xo‘jaligida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslarning katta muammolaridan biriga aylanmoqda.
Biz qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish tarafdorimiz», – deydi nomzod.
Robaxon Maxmudova bu borada qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish, jumladan «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qonunini qabul qilishni taklif qilmoqda.
«Biz mamlakatimizda ishlayotgan yollanma va mavsumiy ishchilarga keng sharoitlar yaratib beramiz, ularning mehnati qadrlanishini va muhofaza qilinishini, mehnatiga yarasha haq olishini, mehnat stajiga qo‘shilishini va kelajakda munosib pensiya olishi bo‘yicha choralar ko‘ramiz», – deydi Robaxon Maxmudova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter