Qashqadaryodagi sel hodisalari betalafot o‘tdi – FVV
Bugun, 2-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning kitob tumanida sel hodisasi kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.
FVV bergan ma’lumotga ko‘ra, kuzatilgan surunkali yog‘ingarchiliklar oqibatida Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi ariqlar, lotoklar va boshqa suv o‘tkazish inshootlaridan yig‘ilgan yomg‘ir suvlarining toshib chiqishi bilan bog‘liq hodisalar yuzaga kelgan.
Xususan, Kitob tumani «Ko‘xsor» MFY hududida adirliklarda kuchli yomg‘irlar yog‘ishi tufayli to‘plangan suvlar «Jovuz» qishlog‘idan oqib o‘tuvchi sel yo‘lidan o‘z oqimi bo‘ylab oqib o‘tgan. Aholi va xonadonlarga ziyon yetmagan.
Ayni paytda ushbu tumanlarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter