Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ikkita qishloq aholisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Qashqadaryoda ikkita qishloq aholisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bunga kavrak o‘simligidan yig‘ib olinadigan shira sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shuningdek, mazkur holat aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda janjal tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i guvohligida sodir bo‘lgani haqidagi izoh bilan tarqatildi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videodagi holat shu yilning 10-avgust kuni «Tarqopchug‘ay» MFYga qarashli Bo‘ztepa qishlog‘iga yondosh Sebatli hududida ro‘y bergan bo‘lib, ushbu janjal kavrak shirasini yig‘ish istagida bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli kelib chiqqan. Holat sodir bo‘lgan joyda tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lmagan.

«Buni o‘sha videodan ham, qolaversa, bo‘limning xizmat yo‘nalishi bilan bog‘liq qayd daftaridan ham ko‘rish mumkin», – deyiladi Ekoboshqarma munosabatida.

Mazkur masala yuzasidan ayni paytda Ekologiya qo‘mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi va tuman bo‘limi, tuman hokimligi, tuman prokuratura, adliya, tuman IIB, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman mehnat va bandlik bo‘limi, kadastr palatasining tuman filiali mas’ullari ishtirokida ishchi guruh tashkil etilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring