Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda bozor yondi

Qashqadaryoda bozor yondi

Bugun, 31 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob Dehqon bozori hududidagi savdo do‘konlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inga jalb qilinib, soat taxminan 03.58 larda voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 04.38 larda to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 3 ta xo‘jalik mollari savdo do‘konining 36 metr kvadrat maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Qutqaruvchilarning sa’y harakati natijasida bozorning 2700 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.

Hozirda yong‘in sababi va zarariga aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring