Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlikka nomzod sudyalarning suddagi rolini kamaytirish va advokatlarga qo‘shimcha vakolatlar berishni taklif qilmoqda  

Prezidentlikka nomzod sudyalarning suddagi rolini kamaytirish va advokatlarga qo‘shimcha vakolatlar berishni taklif qilmoqda  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan  ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Maxmudovaning farg‘onalik saylovchilar bilan navbatdagi  uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda nomzod saylovchilarni o‘zining Saylovoldi dasturida belgilangan g‘oya va maqsadlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Robaxon Maxmudova, jumladan, yig‘ilganlarga saylovoldi dasturidagi sud-huquq masalalariga doir rejalari bilan tanishtirdi.

“Inson huquqlarini ta’minlash va uni munosib himoya qilishda advokatura institutining o‘rni va roli beqiyosdir. Shu bois, odil sudlovni ta’minlashda advokatga berilgan huquqlarni qayta ko‘rib chiqish, ularga kasbiy vazifalarini samarali bajarishi uchun qo‘shimcha vakolatlar berish zarur”, – deydi nomzod.

Shuningdek, Robaxon Mahmudova advokatura institutini rivojlantirish tomon yana ildam qadamlar qo‘yish zarurligini ta’kilaydi.

Mahmudovaga ko‘ra, sudyaning sud jarayonidagi faol rolini bosqichma-bosqich kamaytirib borib, asosan tomonlar o‘rtasidagi keltiriladigan dalillarni baholashga ko‘proq urg‘u berish kerak.

Shu bilan bir qatorda, Robaxon Maxmudovaning saylovoldi dasturidan advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish, ayniqsa, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini yanada yaxshilash choralarini ko‘rish kabi dolzarb masalalar o‘rin olgan.

“Notariuslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kam ahamiyatli xatolar uchun ularning faoliyatini to‘xtatib turish amaliyotiga ham barham berish kerak. Birinchi marotaba yoki qo‘pol bo‘lmagan xatolar uchun notariuslarga jarima qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish mumkin”, – deydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring