Prezident «Tashkent city»dagi ayrim ob’yektlar bilan tanishdi

Prezident «Tashkent city» markazida qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lgan bir qator boshqa inshootlarni ham ko‘zdan kechirdi.
«Bu yerdagi Xalqaro kongress markazida ko‘plab forum va anjumanlar bo‘lib o‘tgan. Kelgusida yana qator nufuzli sammitlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, shinamlik darajasi yuqori mehmonxonalar, konsert va opera teatri barpo etilmoqda», – deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, ushbu majmua mamlakatda san’at rivojini yangi darajaga ko‘tarish, madaniy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter