Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga nomzod taklif qildi

Prezident Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga nomzod taklif qildi

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif qildi.

Tadbirda, shuningdek, viloyatning iqtisodiy salohiyati haqida ham so‘z borib, davlat rahbari hududda oxirgi besh yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 15 mingdan ziyod korxona ishga tushganini aytdi.

«Bugun yig‘ilishdan keyin ishga tushiriladigan 6 ta korxonada ham qo‘shimcha 2 mingta yangi ish o‘rni yaratildi, viloyat ishlab chiqarishiga 370 milliard so‘m, eksportiga 20 million dollar qo‘shiladi. 2022-yilda ishga tushgan «Zarchob-1» va «Zarchob-2» mikro GESlarida yiliga 201 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarilmoqda. Bugun ishga tushadigan «To‘palang GES»da yiliga yana 467 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish qo‘shiladi», – dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring