Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi

Prezident bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi ob’yektlarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Davlat rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi oxirgi marta 2023-yilning avgustida bo‘lgan edi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring