Prezident bir guruh matbuot va OAV xodimlarini mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyun – «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujatga muvofiq, bir guruh soha fidoyilari O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotlanmoqda.
Farmon bilan, jumladan:
- «Mehnat shuhrati» ordeni bilan 2 nafar;
- «Do‘stlik» ordeni bilan 11 nafar;
- II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan 3 nafar;
- «Sog‘lom turmush» medali bilan 1 nafar;
- «Kelajak bunyodkori» medali bilan 1 nafar;
- «Shuhrat» medali bilan 23 nafar jurnalist mukofotlandi.
- Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter