Poytaxt hokimligi issiq suv uchun yangi tariflarni e’lon qildi
Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash, aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini boshqarishda samarali va ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi issiq suv uchun yangi tariflarni tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, «Veolia EnergyTashkent» MChJ tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik energiyasi va issiq suvta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) 1 Gkal energiya uchun 664 465 so‘m etib belgilanyapti (amaldagi tarif 397 212 so‘m/Gkal)
Shuningdek:
- aholi uchun 91 960 so‘m/Gkal (amaldagi tarif 91 960 so‘m/Gkal);
- yuridik shaxslar uchun 212 606 so‘m/Gkal (amaldagi tarif 141 737 so‘m/Gkal);
- budjet tashkilotlari uchun 801 963so‘m/Gkal (amaldagi tarif 502 067 so‘m/Gkal) yetib belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter