Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piyoda va velosiped yo‘lkalarida avtomobilda harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Piyoda va velosiped yo‘lkalarida avtomobilda harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan transport vositalarini trotuarlardan, velosiped yo‘lkalaridan, yashil hudud maydonlaridan yurgizishning oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.

Shuningdek, aholi tomonidan noqonuniy ravishda yo‘lning qatnov qismiga to‘siqlar o‘rnatish yoki yo‘llarni to‘sib qo‘yish, transport vositalari va fuqarolarning harakatiga to‘sqinlik qilish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash, ularning erkin harakatlanishiga sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring