Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parij markazida yirik portlash sodir bo‘ldi. Qirqqa yaqin kishi jabrlangan (video)

Parij markazida yirik portlash sodir bo‘ldi. Qirqqa yaqin kishi jabrlangan (video)

Parij markazida kuchli portlash va uning ortidan yong‘in sodir bo‘ldi. Kamida 37 kishi jarohatlangan. To‘rt nafarining ahvoli og‘ir.

Portlash shaharning 5-kvartalida, Lyuksemburg bog‘lari va Panteondan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Avliyo Jek ko‘chasi, 277-uyda joylashgan Parij-Amerika akademiyasi binosida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, portlashdan so‘ng zarar ko‘rgan binoning devorlari yo‘lga qulab tushgan. Yaqin atrofdagilar evakuatsiya qilingan.

“5-kvartaldagi Avliyo Jek ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar, politsiya va favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib borishgan. Mening ayni paytda butun xayolim jabrlanganlar va ularning yaqinlarida”, – deydi Parij meri Anna Hidalgo.

Voqea joyiga ikki yuzdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruv xizmatlari, shuningdek, Parij meri Anna Hidalgo ham yetib borgan.

Portlashga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Prokuratura portlash sabablarining ikki versiyasi – “xavfsizlik qoidalarini buzish” va “texnika qoidalariga e’tiborsizlik”ni tekshirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring