O‘zgidromet joriy hafta uchun ob-havo ma’lumotni e’lon qildi
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek bugun kunduzi Xorazm, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 36-39 darajagacha bo‘ladi.
So‘ng esa ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘ oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati faqat 2-3 darajaga ko‘tariladi va 34-37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 38-40darajagacha bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 15-16 iyulda ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida esa bugun va ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi va 16 iyulda ertalab shahar bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17-19 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 15-16 iyulda 10-13 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat bugun va ertaga 32-35 daraja, 17-19 iyulda 35-37 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter