Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga salqin va nam havo oqimi kirib kelyapti

O‘zbekistonga salqin va nam havo oqimi kirib kelyapti

Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. O‘zgidromet bergan ma’lumotga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat 8-13 daraja iliqqacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

26-27-dekabr kunlari nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 26-dekabrda respublikaning barcha viloyatlari bo‘yicha, 27-dekabrda markaziy viloyatlar va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

28-dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda, 29-dekabr kuni esa sovuq havoning yana bir qismi respublika hududiga kirib keladi. Respublikaning barcha viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va harorat kunduz kuni 5-10 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring