O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi davlatlari hamda Finlyandiyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Qadambay Sultonov diplomatik missiyasini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
«Elchi O‘zbekistonga qaytishdan avval Latviya Tashqi ishlar vazirligi protokoli rahbari Raymonds Yansons, Litva Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori Darius Latkausuas va Estoniya TIV bosh kotibi Yonatan Vseviov bilan so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazdi», – deyiladi xabarda.
Muloqotlar chog‘ida elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati yuqori baholangan.
Eslatib o‘tamiz, 47 yoshli diplomat Qadambay Sultonov O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda mamlakatning Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter